Olimpiadaning suzish musobaqasida 23 marta oltin medallarga ega chiqqan Maykl Felps oq akula bilan kim tezroq suzish bo‘yicha musobaqalashadi. Bu haqda Discovery kanali ma’lumot bergan.
“Nahanglar haftaligi” ko‘rsatuvida chiqish qiladigan Felps oq akula bilan bo‘ladigan poygada ishtirok etadi. Ko‘rsatuv 23-iyul kuni ekranlarga chiqishi ko‘zda tutilgan.
Bunda odam bolasining mohir suzuvchiligi va ummonda dunyoga kelgan, butun umri suvda o‘tadigan akulaning imkoniyatlaridan qanchalik farq qilishini ko‘rinishi mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)