Shimoliy Koreya AQSh hukumatini Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi aeroportida mamlakat diplomatlarini tunashda aybladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Shimoliy Koreya TIVning ta’kidlashicha, KXDR vakillarining diplomatik yuklari o‘g‘irlangan.
Aytilishicha, diplomatlardan biriga AQSh ichki xavfsizlik vazirligi va politsiyaning 20 nafar xodimi hujum qilgan, KXDR vakillarining qo‘lida amal qilish muddati tugamagan diplomatik guvohnomalar borligi ularni to‘xtatmagan.
AQSh vakillarining xatti-harakatlarini KXDR TIV gangsterlarga tenglashtirdi. U jahon hamjamiyatini Nyu-York BMT shtab-kvartirasi uchun qay darajada xavfsiz ekanligini o‘ylab ko‘rishga chaqirdi.
Izoh (0)