Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hukumat yig‘ilishi chog‘ida xavfsizlik kuchlari Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi qishloqda falastinliklarning uylarini buzib tashlashga tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda.
16-iyun kuni o‘sha qishloqda istiqomat qiluvchi uch erkak 23 yoshli harbiy xizmatchiga hujum qilib, uni o‘ldirgan edi. Shundan so‘ng falastinliklar politsiyachilar tomonidan otib tashlangan edi.
Netanyaxuning aytishicha, ushbu voqeadan so‘ng falastinliklarga Ramazon munosabati bilan Isroilga kirish uchun berilgan ruxsatnomalar bekor qilingan.
Izoh (0)