AQSh atrof muhit himoyasi jamg‘armasi mutaxassislari o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, mamlakat hududida sotiladigan bolalar ovqatining 20 foizida qo‘rg‘oshin topildi. Shuningdek, boshqa oziq-ovqat mahsulotlaridan 14 foizgacha og‘ir metallar topildi, deb xabar beradi ForumDaily.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, og‘ir metall eng ko‘p namunalar ildizmevalardan tayyorlangan mahsulotlardadir (65 foiz). Krekerlar va pechenyeda 47 foiz holatlarda qo‘rg‘oshin topildi, mevali sharbatlar 29 foiz natija bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, 4 foiz bodroqda qo‘rg‘oshin aniqlandi.
Ayniqsa bolalarga mo‘ljallangan olma, uzum va sabzi sharbatlarida eng ko‘p miqdorda qo‘rg‘oshin topilgani aytilmoqda. Qolgan mahsulotlarda og‘ir metall miqdori kamroq.
“Qo‘rg‘oshin sog‘liqqa jiddiy zarar keltirishi mumkin, ayniqsa bola rivojlanishining dastlabki bosqichlarida”, — dedi Klivlenddagi bolalar shifoxonasi pediatri Aperna Bole, ushbu yangilikka izoh berarkan.
Izoh (0)