18-iyun kuni qurollangan shaxslar guruhi Afg‘oniston poytaxti Kobulda AQSh fuqarosini olib qochib ketdi. Bu haqda, Khaama Press’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Voqea Korti Chor tumanidagi uchinchi politsiya okrugida ro‘y berdi. AQSh fuqarosi Jahon bankining Afg‘oniston qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikdagi loyihasi ustida ishlagani taxmin qilinmoqda.
Hozircha biror terrorchi guruh ushbu harakat uchun javobgarlikni zimmasiga olgani yo‘q.
Izoh (0)