AQSh prezidenti Donald Tramp Kongressning ikki palatasidagi turli qo‘mitalarda o‘tgan eshituvlar, tergov va surishtiruvlar unga nisbatan ilgari surilgan Rossiya bilan aloqalar haqidagi ayblovlarni isbotlab bera olmaganini ta’kidladi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Mening ‘ruslar bilan til biriktirishim’ borasidagi yetti oylik surishtiruv va eshituvlardan so‘ng hech kim birorta bo‘lsa ham dalil keltira olmadi. Achinarli!” — deb yozdi prezident.
After 7 months of investigations & committee hearings about my "collusion with the Russians," nobody has been able to show any proof. Sad!
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) June 16, 2017
Federal qidiruv byurosi Rossiya AQShdagi 2016-yilgi prezident sayloviga aralashgani borasidagi taxminlarni yetti oydan buyon tekshirib keladi.
Izoh (0)