15-iyunda Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 51-uy qarshisida haydovchi 72 yoshli piyodani urib yubordi. Bu haqda UzNews xabar berdi.
Aniqlanishicha, 22 yoshli Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi 1945-yilda tug‘ilgan erkakni urib yuborgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda turli og‘irlikdagi tan jarohatlari olgan va 4-shahar klinik kasalxonasida vafot etgan.
Izoh (0)