Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko yoshligida shifoxonada tungi navbatchilik chog‘ida rafiqasi Marina o‘rniga mijozlarga ukol qilganini tan oldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Tibbiyot ishchisi kuni bilan “112 Ukraina” telekanalida qilgan chiqishida u shifokor o‘z kasbini sevishi lozimligini, aks holda bu sohada ishlay olmasligini ta’kidlab o‘tdi.
Poroshenkoning so‘zlariga qaraganda, u 18 yoshida Marinaning navbatchiligida u bilan birga bo‘lganini va shu bois sohani yaxshi bilishini aytib o‘tdi.
“Ba’zan biz tartibni buzardik. Men unga biror soat uxlash imkoniyatini berib, o‘zim emlashlar o‘tkazardim, vrachlar qiladigan ishni qilardim, ana o‘shanda bu qanchalik og‘ir mehnatligini tushanganman”, — dedi Poroshenko.
Izoh (0)