2017-yilning 13-iyun kuni soat 16:00 larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Sardor Umarov Chilonzor tumanidagi xonadonida fohishaxona saqlab, 50.000 so‘m evaziga fuqaro “D” va “R”ga jinsiy aloqa uchun sharoit yaratib berganligi aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)