O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Irlandiya Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Edrian Makdeydni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Vazir elchining ishonch yorliqlarini qabul qildi va uni O‘zbekistonga tayinlangani bilan tabrikladi.
Suhbat davomida O‘zbekiston—Irlandiya munosabatlarini siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda yanada kengaytirish istiqbollari hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)