15-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Sun Litsze bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu yil may oyida Xitoyga davlat tashrifi davomida oliy darajada erishilgan O‘zbekiston—Xitoy kelishuvlarini amalga oshirish nuqtayi nazaridan ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)