AirHelp kompaniyasi dunyoning eng yaxshi va eng yomon aeroportlari reytingini tuzdi. Bu haqda Business Insider nashriga tayanib, Daily Afisha xabar bermoqda.
Reyting natijalari yo‘lovchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga asoslandi. Aeroportlar uchta parametr: xavfsizlik, xizmat ko‘rsatish va terminallar qulayligi bo‘yicha baholandi.
Antireytingga Kuvayt Xalqaro aeroporti yetakchilik qildi. Ikkinchi o‘rindan Gatvik, uchinchi o‘rindan esa Manchester joy oldi. Britaniyaning to‘rtta aeroporti eng yomon aeroportlar o‘nligidan joy oldi.
So‘rovnoma ishtirokchilari Singapurning Changi aeroportini eng yaxshi aeroport deb topdi. Rossiyaning Sheremetyevo aeroporti 23-o‘rinni egalladi.
AirHelp reys ushlanib qolganligi yoki bekor qilingani uchun yo‘lovchilarga badal to‘lashni taklif qiluvchi servisdir.
Izoh (0)