13-iyun kuni O‘zbekiston bojxona qo‘mitasi rahbari Muidjon Tohiriy MDHga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari kengashining 65-yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Yig‘ilish chog‘ida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning MDH ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev hamda Rossiya, Belarus, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston bojxona xizmatlari rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ozarbayjon yetakchisi yig‘ilish davomida samarali muzokaralar olib borilib, tegishli qarorlar qabul qilinishiga umid bildirdi.
Ilhom Aliyevning so‘zlariga qaraganda, bojxona xizmatlari mamlakatlar rivojida, budjet daromadlarini ta’minlashda va iqtisodiy taraqqiyotning umumiy dinamikasida muhim o‘rin tutadi.
Ilhom Aliyev majlis ishiga omadlar tilab qoldi.
Izoh (0)