JCh—2018 o‘yinlari uchun qurilayotgan “Nijniy Novgorod” stadionida baxtsiz hodisa ro‘y berdi, deb yozdi “Sports.ru” nashri.
Xabarda qayd etilishicha, stadion qurilishida ishlayotgan o‘zbekistonlik fuqaro xavfsizlik qoidalariga rioya qilmagan va balandlikdan pastga qulagan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar quruvchining joni uzilganini qayd etgan.
Bunda o‘zbekistonlik quruvchining shaxsi aniqlanganmi yoki yo‘qligi borasida hech qanday ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)