Fazliddin Salomov “O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Uning o‘rniga Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan Ulug‘bek Mavlonovich Mustafoyev tayinlandi.
Ulug‘bek Mustafoyev 2010–2016-yillarda O‘zbekiston Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan, undan keyin esa Jizzax viloyatiga o‘tkazilgan.
Fazliddin Salomov “O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi lavozimida sakkiz oydan ko‘proq faoliyat yuritdi.
Izoh (0)