Muxolifatchi, Korrupsiyaga qarshi kurashish fondi rahbari Aleksey Navalniy 30 sutkalik ma’muriy hibsga olindi. Bu haqda sud zalidan “Gazeta.ru” muxbiri xabar bermoqda.
Sud uni ruxsat olinmagan norozilik namoyishini tashkil etishda aybdor deb topdi. Navalniy bundan avval ham shu kabi huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Avvalroq Navalniyning advokati Vadim Kobzev muxolifatchiga 30 sutka ma’muriy qamoq xavfi mavjudligini ma’lum qilgan edi.
Navalniy Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy huquqbuzarliklar kodeksi 20.2-moddasi 8-qismi (miting tashkil etish yoki uni o‘tkazishning belgilangan tartibini takroran buzish) bo‘yicha aybdor deb topildi.
Izoh (0)