IShID terrorchilik guruhi vakili jangarilar AQSh, Yevropa va Rossiyada yangi teraktlarni amalga oshirishni rejalashtirayotganligini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Uning so‘zlariga qaraganda, teraktlar may oxirida boshlangan musulmonlar uchun muqaddas oy Ramazonda amalga oshiriladi.
Audioxabar IShIDning telegram-kanaliga joylashtirilgan. Reuters audioyozuvning haqiqiyligi va unda IShID vakilining ovozi yozilganligini tasdiqlay olmasligi, biroq ovoz avvalgi yozuvdagiga o‘xshash ekanligini ta’kidlaydi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)