2017-yilning 11-iyun kuni taxminan soat 02:30 larda muqaddam sudlangan Doniyor Xayitboyev (ismi o‘zgartirilgan) “ZIL-131” avtoulovidan telefon o‘g‘rilab ketayotganida qo‘lga olingan, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Doniyor Xayitboyev Bektemir tumani hududida fuqaro Botir To‘rayevning “ZIL-131” rusumli avtoulovi salonidan bahosi 75 ming so‘mlik “Nokia-1280” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘rilab, hodisa joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan vaqtda, ushbu hududda tungi xizmatni olib borayotgan Bektemir tumani IIB xodimlari tomonidan daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘rilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Xaitbayevga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)