O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2017-yil 12-iyundagi buyrug‘iga muvofiq adliya katta maslahatchisi Sherzod Obloqulov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan Toshkent shahar prokurori lavozimiga 5 yil muddatga tayinlandi va mazkur prokuratura hay’ati raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Sherzod Obloqulov (1980-yilda tug‘ilgan) Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan (2002-yil). 2013-yildan Jizzax viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, 2011-yildan Navoiy viloyati Xatirchi tumani prokurori, ungacha esa — 2007-yildan Bosh prokuraturada boshqarma prokurori va boshqarma katta prokurori bo‘lib ishlagan. 2016-yilda esa Sirdaryo viloyatiga bosh prokuror etib tayinlangan edi.
Izoh (0)