Yevropa Ittifoqi Kengashi Suriya rejimiga qarshi cheklov choralarini 2018-yil 1-iyuniga qadar uzaytirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Bu qaror Yevroittifoqning Suriya bo‘yicha strategiyasiga mos keladi. Unga ko‘ra, Yevroittifoq Suriya rejimi va uning tarafdorlariga qarshi cheklov choralarini tinch aholiga qarshi qatag‘onlar tugamaguniga qadar saqlab turadi”, — deyiladi Yevroittifoq Kengashi matbuot xizmati tarqatgan xabarnomada.
Bundan tashqari, sanksion ro‘yxatga yana uch vazir kiritildi, reyestrga kirgan shaxslar va tashkilotlar haqidagi ma’lumotlar yangilandi.
Ayni paytda ro‘yxatda 240 jismoniy va 67 yuridik shaxs bo‘lib, ularning Yevropaga kirishi taqiqlangan, Yevropadagi mablag‘lariga esa band solingan.
Izoh (0)