Italiya poytaxti Rim meriyasi shaharning tarixiy favvoralarida cho‘milishni, ularning atrofida ovqatlanish va iflos qilishni taqiqlab qo‘ydi. Bu talablarga amal qilmaganlar 240 yevrogacha bo‘lgan jarimalarga tortiladi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Farmonni Rim meri Virjiniya Raji imzoladi.
Yangi qoidalar 40 ta eng mashhur favvoralarga oiddir. Ular orasida Trevi, To‘rt daryo favvoralari, Navona pyatssasi hamda Akva-Paola monumental favvorasi bor.
Ilgariroq poytaxt ma’muriyati Trevi favvorasiga yaqinlashishni taqiqlamoqchi bo‘lgan edi. Tashabbusga ko‘ra, maxsus tashkil qilingan koridor orqali turistlar favvorani ko‘rishi mumkin bo‘ladi, ammo unga yaqinlasha olmaydi.
Izoh (0)