Qatar hukumati AQShning sobiq bosh prokurori Jon Eshkroftga tegishli yuridik firmaga 2,5 million dollar to‘ladi. U prokuraturaga Kichik Jorj Bush davrida rahbarlik qilgan edi, deb xabar beradi NBC News.
Aytilishicha, firma yuristlari Qatarga nisbatan ilgari surilayotgan terrorchilik ayblovlarini inkor qilishi hamda mamlakat hukumat xalqaro terrorchilikka qarshi kurash yo‘lida olib borayotgan ishlarga baho berishi lozim bo‘ladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Eshkroft bu ishda shaxsan ishtirok etadi.
Izoh (0)