Eronning Dehbarez shahrida politsiya IShID terrorchi guruhi bilan aloqalarda gumonlanayotgan to‘rt qurolli kishini yo‘q qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Xurmuzgon viloyati politsiyasi vakili Azizullo Malikiyning so‘zlariga qaraganda, ularning yonidan to‘rt qurol birligi, yuzdan ortiq o‘q va portlovchi moddalar topilgan. Ikki kishining yonidan chet el pasportlari topilgan.
Qurolli shaxslar o‘tgan hafta uyushtirilgan hujumlarga aloqadorligi taxmin qilinmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)