StoneTemple kompaniyasi tahlilchilari mashhur ovozli yordamchilardan qaysi biri inson buyruqlarini yaxshiroq tushunib, yaxshiroq javob qaytarishini aniqladi. Birinchi o‘ringa Google Assistant loyiq ko‘rildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Google Assistant bilan bir qatorda boshqa ovozli yordamchilarning imkoniyatlari ham sinovdan o‘tkazildi. Ular orasida Siri, Microsoft Cortana va Amazon Alexa bor. Ulardan har birining samaradorligi 5 mingdan ortiq savol vositasida tekshirildi.
Bu savollar sport musobaqalari, ob-havo va boshqa mavzularda edi.
Ikkinchi o‘rinni Cortana, keyingi o‘rinlarni Siri va Amazon Alexa egalladi.
Izoh (0)