Huquq-tartibot idoralari xodimlari “Qoradori-2017” tadbiri davomida yonida bir necha gramm marixuana saqlagan erkakni ushladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rasmiy saytida ma’lum qilindi.
“8-iyun kuni taxminan soat 9:00 da Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2017” tadbiri davomida Mirzo Ulug‘bek tumani hududida fuqaro Temur Kazimovich Salimbayev yonida og‘irligi 23,23 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlangan”, — deyiladi xabarnomada.
Holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)