Rossiya Premyer-ligasida ishtirok etuvchi “Terek” futbol klubi “Axmat” deb o‘zgartirildi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.
Klub rahbariyatni qarorni 6-iyun kuni qabul qilgan bo‘lsa, Rossiya Premyer-ligasi uni oradan to‘rt kun o‘tib tasdiqdan o‘tkazdi. Yakuniga yetgan mavsumda “Terek” Rossiya chempionatini 5-o‘rinda yakunlagandi. Kelasi mavsumdan boshlab u “Axmat” nomi bilan musobaqalarda ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, Chechenistonning birinchi prezidenti Axmat-Hoji Qodirov 2004-yilning 9-may kuni olamdan o‘tgan. Ayni paytda Chechenistonga uning o‘g‘li Ramzan Qodirov rahbarlik qiladi.
Bunga qadar Grozniyda “Axmat” nomi bilan yuritiladigan mashhur sport klubi bor edi. Endi shaharning bosh futbol jamoasi ham shu nomda faoliyatini davom ettiradi.
Izoh (0)