2030-yilga qadar O‘zbekiston meva-sabzavot eksportini 15 yilda 566 foizga oshirmoqchi. Bu haqda Ostonada bo‘lib o‘tayotgan EXPO 2017 ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston pavilyonida namoyish etilgan videorolikda aytildi, deb xabar beradi UzNews.
Mamlakatda 350 dan ortiq turda tabiiy meva va sabzavot yetishtiriladi.
2016-yili 1,2 million tonna meva va sabzavot eksport qilingan edi. 2030-yili bu ko‘rsatkichni 6,8 million tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)