IShID guruhi jangarilari Iroqning Shirkat shahriga hujum uyushtirdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, hujum oqibatida 38 kishi halok bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligi tinch fuqarolardir.
Bundan tashqari, 40 kishi jarohat oldi.
Shuningdek, bir necha jangari yo‘q qilingani aytilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)