MMA (aralash qoidalar san’ati) sport turi bo‘yicha Xitoydagi EM LEGEND turniri chempionligi uchun o‘zbekistonlik Anvar Boynazarov ham kurash olib bormoqda. Bu haqda “Olamsport” nashri xabar berdi.
Yil davomida o‘tkaziladigan musobaqaning mukofot jamg‘armasi 50 ming AQSh dollarini tashkil qiladi. Boynazarov hozirga qadar ikki jang o‘tkazgan bo‘lib, raqiblarini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan. Uning navbatdagi jangi 17-iyun sanasiga tayin qilingan.
Ma’lumotga ko‘ra, Boynazarov bir yil avval musobaqaning finaliga qadar yetib borgan bo‘lib, vizasi bilan bog‘liq muammolar sabab final bosqichida ishtirok eta olmagan.
Izoh (0)