Xitoyning Chendu shahrida tajriba sifatida maktab imtihonini topshirgan sun’iy ongli robot mazkur sinovdan o‘n daqiqa ichida o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Robot maksimal 150 balldan 105 to‘pladi.
Muqaddam AI-MATHS sun’iy ongi maktab o‘quvchilari bilan birga imtihonga kirishi bildirilgan edi.
AI-MATHS shu yil fevralida shunaqa imtihon topshirishga urinib ko‘rgan, ammo u o‘tish ballidan uch ball ko‘proq — 93 ball to‘plashga erishgan edi, xolos.
Loyiha XXR fan va texnologiyalar vazirligi yordamida amalga oshirilmoqda. Idora 2020-yilga qadar imtihonlarni eng nufuzli oliygohlarga kirish uchun yetarli darajada yaxshi topshira oladigan robotlarni yasash vazifasini qo‘ygan.
Izoh (0)