Qonunchilik aktlarini muhokama qilish portalida yuk tashish uchun tashqi savdo yo‘nalishlari diversifikatsiyasi va ularni xalqaro infrastrukturaga integratsiya qilish bo‘yicha kompleks dastur ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Norma xabar berdi.
Loyihaga ko‘ra,
- Qisqa muddatda xalqaro transport kommunikatsiyalariga bog‘lanishni va tranizt o‘tkazmalari ko‘payishini ta’minlaydigan yangi transport koridorlarini shakllantirish, mintaqaviy va xalqaro bozorlarga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, eksport salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, mahalliy mahsulotni sotish bozorlarini kengaytirish;
- Transport tashish tizimlarini tashkil qilish va boshqarish tizimlarini yanada takomillashtirish, xalqaro talab va standartlarga javob beradigan zamonaviy ko‘p maqsadli transport-tranzit infrastrukturasini yaratish, turli transport xizmatlarini ko‘rsatishda barcha transport turlarining qo‘llanilishini ta’minlash nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy temir yo‘l qurilishi loyihasini amalga oshirish, temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari qurib, Afg‘oniston shimoli-g‘arbida iqtisodiy koridor yaratish, shuningdek, Mozori Sharif–Shibirg‘on–Maymana–Hirot yo‘nalishi bo‘yicha yuqori voltli elektr uzatish liniyasi o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Lizingga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtotransport, tirkama texnikasini lizingga xarid qilish uchun imtiyozli shartlar taqdim etiladi.
- Dastlabki to‘lov summasi lizing obyekti umumiy qiymatining 15 foizidan oshmaydi;
- Lizing kompaniyasi daromad stavkasi yiliga 5 foizdan oshmaydi;
- Lizing muddati — 5 yilgacha.
Izoh (0)