Parijdagi Eyfel minorasining ikkinchi qavatiga French Open tennis turniri davomida o‘ta xavfli attraksion o‘rnatildi, аniqrog‘i, temir arqon tortildi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Arqonning uzunligi 800 metrdan iborat. Undan tushish esa bir daqiqa atrofida davom etadi.
Xatarli hissiyotlar ishqibozlari pastga qarab soatiga 90 kilometr tezlikda “uchadi” va minora boshlanishiga kelib tushadi.
Tennis turniridan kelib chiqib, buni professional sportchi zarb bergan tennis to‘pi tezligiga qiyoslanmoqda.