Eronda 7-iyun, chorshanba kuni yuz bergan teraktlar qurbonlari soni 13 kishiga yetdi. Yana 43 kishi jabrlangan. Bu haqda Eron ichki ishlar vazirining xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Husayn Zulfagariyga tayanib, Reuters agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.
Avvalroq 12 kishining halok bo‘lganligi va 42 kishi jarohat olganligi ma’lum bo‘lgan edi.
Agentlikning ma’lum qilishicha, Tehrondagi hujumlarda ishtirok etgan terrorchilar eronlik bo‘lgan. “Hujum uyushtirganlarning shaxsiga kelsak, ular Eronning turli qismlaridan bo‘lgan va IShID guruhiga qo‘shilgan”, — deydi Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi vakili.
Eslatib o‘tamiz, 7-iyun tongida Tehronda ikki terrorchilik akti sodir etildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)