Janubiy Koreya tomonidan Yapon dengizida qutqarib olingan to‘rt nafar KXDR fuqarosining ikki nafari ortga qaytmaslikka qaror qildi, ikki nafari esa Shimolga qaytadigan bo‘ldi. Bu haqda, “Ryonxap” agentligiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mazkur ma’lumotni Koreya milliy birlashish ishlari bo‘yicha vazirlik taqdim etdi. Aniqlashtirilishicha, gap 60 yoshli erkak va uning 20 yoshli o‘g‘li haqida ketmoqda — aynan ular Janubiy Koreyada qolish niyatini bildirgan.
Shimoliy Koreyadan Janubga odamlarning qochib o‘tishi — keng tarqalgan holat. Ayrimlar dengiz orqali o‘tishga harakat qiladi, ammo dengiz yo‘li bir qator xavfli hodisalar bilan bog‘liqligi tufayli qochqinlar ochiq dengizda halokatga uchrab turadi.
Izoh (0)