AQShning Kiyevdagi elchixonasi yaqinida sodir etilgan portlash huquq-tartibot organlari tomonidan bezorilik sifatida baholandi. Dastavval hodisa terakt deb e’lon qilingan edi, deb eslatadi “TASS”.
“Elchixona hududiga tashlangan predmet hech kimga ziyon keltirishi mumkin emas edi. Shu munosabat bilan bu voqea bezorilik sifatida uzil-kesil baholandi”, — ma’lum qildi Ukraina milliy politsiyasi raisi Sergey Knyazev.
Shu bilan birga, Ukraina xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilayotgan surishtiruv ishi asnosida voqeaning terakt ekanligi haqidagi versiya ham tekshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kiyevda AQSh elchixonasi yaqinidagi Sikorskiy ko‘chasida 8-iyun, payshanbaga o‘tar kechasi portlash sodir bo‘ldi. Noxush hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Izoh (0)