AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlari Suriya hukumati tarafdori bo‘lgan guruhlarga navbatdagi zarbani berdi. Bu haqda harbiylarning rasmiy vakili Rayan Dillon bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
Uning so‘zlariga qaraganda, ilgarigi holatlarda zarbalar at-Tanf punkti yaqiniga berilgan edi.
U hujum oqibatida birov qurbon bo‘lgan-bo‘lmaganini aniq ayta olmadi.
Shuningdek, koalitsiya hukumat kuchlarining dronini urib tushirgani bildirildi.
Izoh (0)