Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tehrondagi Eron parlamenti binosiga uyushtirilgan hujumda qatnashgan barcha to‘rt terrorchi yo‘q qilindi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: Tehran Times

Foto: Tehran Times

Garovga olinganlarni qutqarish bo‘yicha maxsus operatsiya yakuniga yetkazilgan.

7-iyun, chorshanba kuni tongda avtomatlar bilan qurollangan shaxslar parlament binosiga bostirib kirib, u yerdagi odamlarga qarata o‘t ochdi. So‘ng hujum qilgan shaxslardan biri o‘zini portlatib yubordi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida yetti kishi halok bo‘lgan. Qurbonlar soni haqida rasmiy axborot hozircha yo‘q.

Shuningdek, shu kuni Tehrondagi oyatulloh Xumayniy maqbarasiga ham hujum uyushtirildi. Eron nashrlari ma’lumotlariga ko‘ra, uch huquqbuzar hududdagi odamlarga qarata o‘t ochgan, to‘rtinchisi — xudkush-terrorchi ayol o‘zini portlatib yuborgan.

Bundan tashqari, Eron razvedkasi yana bir teraktning oldi olinganini ma’lum qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Maktab o‘qituvchilariga “Open budget”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani aytilmoqda 
Turkmaniston
Ashxobod tajribasi: odamlar zilziladan emas, balki binolar tufayli halok bo‘ladi
Dunyo
“Tolibon” opium savdosidan olinadigan soliqni bekor qildi. Narkotik modda uchun qancha soliq to‘langan?