Ostonada Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Kazinform” xabar bermoqda.
Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston mudofaa vazirlari, ShHT Bosh kotibi va tuzilma mintaqaviy aksilterror tizimi ijroiya qo‘mitasi direktori ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashildi. 2016-yil yakunlari ko‘rib chiqildi.
ShHTga a’zo davlatlar mudofaa vazirliklarining 2018—2019-yillarda hamkorlik rejasi tasdiqlandi. Vazirliklar o‘rtasida tarixiy va madaniy merosni o‘rganish hamda saqlash bo‘yicha protokol imzolandi.
Izoh (0)