Birlashgan Arab amirliklari rasmiylari Qatar siyosatini qo‘llab-quvvatlaydiganlarni shafqatsiz jazolash niyatida. Bu haqda mamlakat bosh prokuroriga tayanib, Gulf News nashri ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Qatar bilan yakdillikni bildiradigan, shuningdek, BAAning tutgan yo‘liga qarshi chiqqanlarga nisbatan qat’iy va keskin choralar ko‘riladi. Bu fikrlarning ijtimoiy tarmoqlarda, yozma, vizual yoki og‘zaki tarzda bildirilganining ahamiyati yo‘q”, — dedi amirliklar bosh prokurori Xamad Saif ash-Shamsiy.
Mazkur ogohlantirishlarga rioya etmaganlarga 15 yilgacha qamoq jazosi berilishi va 500 ming dirham (135 ming dollar atrofida) miqdoridagi jarimaga tortilishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, 5-iyun, dushanba kuni Misr, Saudiya Arabistoni, Bahrayn va BAA Dohani terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlashda ayblab, Qatar bilan diplomatik aloqalarni to‘xtatdi.
Izoh (0)