Myanma harbiy-havo kuchlarining halokatga uchragan Y-8 samolyoti bortida 122 kishi, shu jumladan, 15 nafar bola ham bor edi. Bu haqda qurolli kuchlarning rasmiy bayonotida aytildi, deb xabar qiladi “TASS”.
Aniqlashtirilgan ma’lumotlarga qaraganda, bortda harbiy xizmatchilarning oila a’zolari, jami 108 kishi bo‘lgan. Samolyot ekipaji a’zolari soni 14 nafarni tashkil qilgan.
Muqaddam Myanmaning radarlardan g‘oyib bo‘lgan samolyoti halokatga uchragani tasdiqlangan edi.
Izoh (0)