Iroq Kurdistoni hukumati shu yilning 25-sentabrida Iroq tarkibidan ajralib chiqish bo‘yicha referendum o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, Rudaw telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, plebissit sanasi bo‘yicha kelishuvga muxtoriyat rahbari Mas’ud Barzoniy hamda boshqa kurd partiyalari rahbarlari o‘rtasida erishilgan.
Bundan tashqari, 2017-yilning 6-noyabrida Iroq Kurdistoni parlamenti va rahbariyati saylovlari bo‘lib o‘tadi.
Rasmiy Bag‘dod bunga hozircha hech qanday izoh bermayapti.
Izoh (0)