AQShning Konnektikut shtatidagi Brijport shahrida istiqomat qiluvchi Shanta Jordan ismli ayol begona bolaning hayotini qutqarib qolaman deb uni yo‘l chetiga itarib yubordi va o‘zi mashina zarbasi ostida qoldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Bola ko‘plab jiddiy jarohatlar olgan bo‘lishiga qaramay, Jordan xonim tufayli tirik qoldi. Uning oyog‘i kesib tashlanishi xavfi mavjud edi, ammo ko‘p soatlar davom etgan operatsiyadan so‘ng oyoqlari saqlab qolindi.
“Ayol aralashmaganida bola halok bo‘lardi”, — dedi shahar politsiyasi rahbari A. Peres.
Ayol ham shifoxonada. Davolanib chiqqanidan so‘ng u jasorati uchun taqdirlanadi.
Izoh (0)