Xitoy hayvonot bog‘i nazoratchilari uchta yo‘lbarsni tirik eshak bilan oziqlantirdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Nashrning ma’lum qilishicha, hodisa taxminan Chanchjou shahrida yuz bergan.
Hodisa ask etgan kadrlarda hayvonot bog‘ining bir nechta xodimi qattiq qo‘rqayotgan eshakni suv havzasiga uloqtirgani, bir necha daqiqadan so‘ng unga yirtqichlardan biri tashlanganligini ko‘rish mumkin. Eshakning qochishga urinishlariga qaramasdan, yo‘lbarslar himoyasiz hayvonni o‘ldirgan.
Daily Mail’ning ta’kidlashicha, yirtqichlar o‘ljasini bir yarim soatda yeb bitirgan.