Krasnodar o‘lkasida politsiyachilar o‘zga sayyoraliklarni qidirdi
Politsiya xodimlari Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidagi Vodniki qishlog‘i yaqiniga kosmik kemalar qo‘ngani haqidagi ma’lumotni tekshirdi, ammo o‘zga sayyoraliklar izlarini topa olmadi, deb yozadi “RIA Novosti” IIVning Krasnodar o‘lkasi bo‘yicha bosh boshqarmasiga tayanib.
Qishloq va “Vitaminkombinat” oralig‘idagi o‘rmonga o‘zga sayyora kemalari desant tushirgani haqida politsiyaga 59 yoshli mahalliy fuqaro xabar bergan.
“Da’vo qiluvchining aytishicha, u ko‘rgan kosmik kemadan yetti metrli gumanoidlar chiqib kelgan. Politsiya xodimlari yetib kelganida dalada erkakning yonida hech kim aniqlanmagan”, — deya aniqlik kiritishdi muassasadagilar.
Shu bilan birga, hodisa guvohi mastlik belgilarisiz, hushyor holatda bo‘lgan.