22 yoshli Brion Xollings Jeksonvill shahridagi (AQSh, Florida shtati) uyida politsiya xodimlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya chog‘ida qo‘lga olindi. Bu payt u Facebook Live’da to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya olib borayotgan va “ishlab topgan” pullari bilan maqtanayotgan edi, deya hikoya qiladi TJournal.
Videoda uning birdaniga qiyofasi o‘zgargani va xonadan qochib chiqqanini ko‘rish mumkin. Oradan biroz vaqt o‘tib kadrda politsiya xodimlari paydo bo‘ldi.
Qo‘lga olish chog‘ida Xollingsning uyida kokain, oksidon tabletkasi, to‘pponcha va va patronlar topildi. Politsiya hisobotlariga ko‘ra, yigit shu paytgacha jinoiy tarzda zarar yetkazish, bolalar ustidan zo‘ravonlik, shaxsiy mulk chegarasini buzish va ikki bor narkotiklarning noqonuniy aylanmasida ayblangan.
Hozirda Brion Xollings hibsga olingan bo‘lib, 3 haftadan so‘ng bo‘lib o‘tadigan sudni kutmoqda.