YouTube’dagi Animaction Decks kanali mualliflari siyosatchi Aleksey Navalniy va biznesmen Alisher Usmonovni Mortal Kombat o‘yiniga joylashtirishdi, deb yozadi Afisha Daily.
Jangchilarning har biriga animatorlar o‘z qobiliyatlarini hamda qahramonlar bungacha real hayotda aytib o‘tgan taniqli jumlalarini “ato qildi”.
Shu bilan birga, rolik nomi virtual makonda Navalniyning raqibi Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bo‘lishi kerakligiga ishora qiladi. “Ammo xuddi hayotdagi kabi, ishga Usmonov aralashadi”, — deyiladi xabarda.
Yuzma-yuz jang Navalniyning mag‘lubiyati bilan tugaydi: Usmonov o‘zining Tfunatebyality superzarbasidan foydalandi.