AQSh prezidenti Donald Tramp Qatarning arab davlatlari tomonidan izolyatsiya qilinishini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Yaqin Sharqqa uyushtirgan safarim chog‘ida radikal mafkurani moliyalashtirishga ortiq chek qo‘yilishini bildirgan edim. Yetakchilar Qatarni ko‘rstadi — qarang!”, — deb yozdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.
Shuningdek, u Qatar terrorchilikni moliyalashtirganini ko‘rsatuvchi ishoralar borligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Muqaddam qator arab davlatlari Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Ular qatoriga boshqa davlatlar qo‘shilib bormoqda. Jumladan, Muqaddam Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Misr, BAA, Yaman, Liviya va Maldiv orollari, Mavrikiy Qatar bilan diplomatik aloqalarini uzgan edi. O‘z navbatida, Qatar arab davlatlarining diplomatik aloqalarni uzish haqidagi qarorini noo‘rin deb baholadi. Qatarga qarshi sanksiyalar joriy etilish ehtimoli mamlakat aholisini oziq-ovqat zaxiralarini to‘ldirishga majbur qilmoqda.
Izoh (0)