Indoneziyaning G‘arbiy Yava viloyatida yashovchi 190 kilogramm tosh bosadigan bola bir oy davomida 31 kilogrammga ozdi. Daily Mail uni “dunyodagi eng semiz bola” deb atamoqda.
Oldinlari Arya Permana kuniga 5 marotaba ovqatlanar, uning ishtahasi esa ikki katta erkak ehtiyoji bilan tenglashgudek edi. Qiyinchilik bilan harakatlanadigan bolaning ota-onasi hayotidan xavfsirab, gastroplastikaga ruxsat berdi.
Permananing oshqozonini bir qismi olib tashlandi. Mazkur operatsiya semirishga qarshi kurashga qaratilgan.
Shifokorlar bola yil mobaynida yana 100 kilogramm vazn tashlashiga umid qilmoqda. Uni 5 soat operatsiya qilgan doktor Xandi Uingga ko‘ra, hammasi o‘z holicha qoldirilsa, Arya insultga chalinishi yoki unda yurak kasalligi rivojlanishi mumkin edi.
Izoh (0)