Yaponiya poytaxti Tokiodagi ikki yirik aeroportdan biri — Xaneda kattaligi bo‘yicha dunyoda beshinchi, tozaligi tomonidan esa birinchi o‘rinda turadi. Bu haqda TJournal hikoya qilmoqda.
Aeroportda jami 600 nafar farrosh navbatma-navbat mehnat qiladi. Klining xizmati xodimalaridan biri rolik suratga olishda qatnashdi va o‘zining odatiy ish jarayonini ko‘rsatib berdi.
U Tokioda 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari davomidagi sayyohlar oqimiga tayyorgarlik ko‘rar ekan, mayda-chuydagacha e’tibor berishini tan oldi.
Ayol hatto odatda hech kim nazar solmaydigan joylarni ham tekshiradi. Uning unitazni yuvishda ko‘zgudan foydalanishi ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi.
Izoh (0)