6-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekistonga tashrif buyurgan AQSh prezidentining Fan masalalari bo‘yicha vakili, Tafts Universiteti qoshidagi Atrof-muhit instituti direktori Linda Abriola bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida fan sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari nuqtayi nazaridan O‘zbekiston—AQSh munosabatlarini rivojlantirishning hozirgi holati va ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
2010-yil dekabr oyida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati o‘rtasidagi fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni amalga oshirish mazkur yo‘nalishdagi sherikchilikni kengaytirish imkonini bergani qayd etildi.